Dollar yana 12 mingdan oshdi: Markaziy bank 31-oktabr kursini e’lon qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
30-oktabr kuni AQSh valyutasi 11 990,53 so‘m (-13,94 so‘m) bo‘ldi
dollar
Markaziy bank 31-oktabr kursini e’lon qildi / Foto: Depositphotos

31-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 025,22 so‘m (+34,69 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 24-oktabr kuni dollar 12 129,33 so‘m (+28,04 so‘m) etib belgilandi. 27-oktabr kuni dollar 12 117,35 so‘mga (-11,98 so‘m), 28-oktabr kuni 12 053,46 so‘mga (-63,89 so‘m), 29-oktabr kuni esa 12 004,47 so‘mga (-48,99 so‘m) tenglashdi. 30-oktabr kuni AQSh valyutasi 11 990,53 so‘m (-13,94 so‘m) bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 10,32 so‘mga oshib, 13 969,70 so‘mni, rubl esa 1,35 so‘mga tushib, 149,36 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank milliy valyutaning mustahkamlanishini qanday izohlaydi?

Timur Ishmetov
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Yanvar – sentabr oylarida so‘mning qadri 6,5 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov OAV vakillari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

2025-yilning aprel oyidan boshlab milliy valyuta almashuv kursida mustahkamlanish tendensiyasi bilan birgalikda uning tebranishlar darajasining oshishi kuzatilmoqda.

Joriy yilning boshidan sentabr oyigacha O‘zbekistonga kirib kelayotgan valyuta oqimlarida oshish kuzatilgan. Jumladan, eksport tushumlari 18 foizga oshib $19 mlrdga yetdi. Shuningdek, banklar tomonidan xorijiy valyutaga kreditlar hisobidan ichki bozorga $6,3 mlrdlik mablag‘lar sotildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ko‘proq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 30-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edi.  

Shuningdek