Shavkat Mirziyoyev Odri Azuleni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azuleni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonda ta’kidlanishicha, mukofot YUNESKO bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqishdagi xizmatlari, shuningdek, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun berilmoqda.

Shuningdek, hujjatda Odri Azule xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analarini jahon miqyosida targ‘ib etishdagi faoliyati bilan e’tirof etilgan.

«…Dunyo xalqlari orasida madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin», – deyiladi farmonda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident UNESCO Bosh konferensiyasi ochilishida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek