Yangi Kia Telluride 2027 ilk bor to‘liq namoyish etildi

30-oktabr 2025 17:26 eʼlon qilindi

(31-oktabr 2025 00:16 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kia
Foto: Kia

Rasmiy taqdimotga 20 kun qolganda Kia kompaniyasi yangi avlod Kia Telluride 2027 modelining to‘liq suratlarini e’lon qildi. Avtomobil hali ham brendning kamuflyaj qoplamasida, ammo dizayn proporsiyalari va umumiy shakllari aniq ko‘ringan.

Yangi Telluride dizayni jihatdan Hyundai Palisade modeliga yaqinlashgan. Bu ikki model bir platformada yaratilgan.

Bundan tashqari, Kia off-road versiyasini ham tayyorlamoqda. U Hyundai Palisade XRT Pro modeliga o‘xshash bo‘lib, balandroq osma, maxsus off-road shinalar va bamperdagi qizil rangdagi tortish ilgaklari bilan ajralib turadi.

Foto: Kia

Bazaviy versiyada 3,5 litrli V6 dvigateli (291 ot kuchi) o‘rnatiladi. U hozirgi 3,8 litrli V6 dvigatelni almashtiradi. Shuningdek, kompaniya gibrid versiyani ham taqdim etadi — u 2,5 litrli benzinli motor, 1,65 kVt/soatli batareya, ikkita elektromotor va 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisidan iborat bo‘ladi. Umumiy quvvat 334 ot kuchiga teng bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi avlod Kia Telluride ilk bor namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek