UzAuto Motors aksiyadorlariga 4 642 so‘m dividend to‘lashni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2025-yil 18-noyabr sanasida ro‘yxatga kiritilgan aksiyadorlar yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi
UzAuto Motors aksiyadorlariga 4 642 so‘m dividend to‘lashni rejalashtirmoqda / Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors 2025-yil 24-noyabr kuni soat 15:00 da navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazadi. Kompaniya kuzatuv kengashi har bir aksiya uchun 4 642 so‘m dividend to‘lashni tavsiya etdi. Bu ma’lumot Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilindi.

Yig‘ilish «eVOTE» (http://evote.uz/) elektron ovoz berish platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Qaror Kuzatuv kengashining 2025-yil 29-oktabrdagi bayonnomasiga muvofiq qabul qilingan.

Aksiyadorlar reyestri 2025-yil 18-noyabr holatiga tuziladi. Shu sanada ro‘yxatga kiritilgan aksiyadorlar yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Kun tartibida yig‘ilish reglamentini tasdiqlash va kompaniyaning 2025-yil 9 oylik moliyaviy natijalari bo‘yicha taqsimlanmagan foydani taqsimlash hamda dividend to‘lash kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Kuzatuv kengashi har bir aksiya uchun 4 642 so‘m dividend to‘lashni tavsiya qilgan. Bu miqdor aksiyaning bozor bahosining 8,9 foiziga (52 300 so‘m) teng. Dividend olish huquqi uchun aksiyalarni sotib olishning so‘nggi kuni — 2025-yil 14-noyabr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ILMA to‘rtta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llagan edi.

Shuningdek