Uzbekistan Airways yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi
Chiptalarni aviakompaniya rasmiy sayti, mobil ilova yoki rasmiy agentlar orqali olish mumkin
Uzbekistan Airways yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ydi / Foto: Uzairways

Bir hafta ichida Uzbekistan Airways oltita yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushirdi. Bu haqda Uzairways Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Endilikda yo‘lovchilar quyidagi yo‘nalishlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar orqali manzillariga yetib olishlari mumkin:

  • Toshkent – Krasnodar – Toshkent
  • Namangan – Krasnodar – Namangan
  • Andijon – Novosibirsk – Andijon
  • Andijon – Sankt-Peterburg – Andijon
  • Andijon – Moskva – Andijon
  • Andijon – Istanbul – Andijon

Yo‘lovchilar parvozlar jadvali bilan tanishib, chiptalarni aviakompaniya rasmiy sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filiallari yoki rasmiy agentlar orqali xarid qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways Andijondan Istanbulga aviachiptalar narxini pasaytirgan edi.

Shuningdek