Namanganda 30 milliard so‘mlik qalbaki dori ishlab chiqarish sexi fosh etildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namanganda 30 milliard so‘mlik qalbaki dori ishlab chiqarish sexi fosh etildi / Foto: DXX

Namanganda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarish bilan bog‘liq jinoyat ishi fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi sex aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga ruxsat olgan MChJ rahbari sanitariya talablarga javob bermaydigan joyda «Pikovit», «Kanefron», «Espumizan», «Nistatin» kabi dori vositalarini qalbaki nomlar bilan tayyorlab kelgan.

Tekshiruvda umumiy qiymati 30 mlrd so‘mlik dori, xomashyo va uskuna ashyo dalil sifatida olingan. Qo‘lbola dorilar Farg‘ona vodiysi va boshqa hududlarga tarqatilgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlangan edi.

Shuningdek