Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
Shahar meri Erik Adams hodisani so‘nggi yillardagi eng kuchli yomg‘ir deb atadi
Nyu-Yorkda kuchli yomg‘irlar ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Foto: Reuters

30-oktabr kuni Nyu-Yorkda yoqqan kuchli yomg‘ir natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kuchli yomg‘ir va shamol tufayli bir nechta reyslar bekor qilindi hamda ayrim hududlarda suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi. Jon Kennedi, La-Guardiya va Nyuark aeroportlarida parvozlar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Shahar ko‘chalarining bir qismi suv ostida qolgan.

«Bu bo‘ron yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bir necha soatda yog‘ishi kerak bo‘lgan yomg‘ir atigi 10 daqiqada yog‘di», – deb yozdi shahar meri Adams o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.

Meteorologlarga ko‘ra, 30-oktabr kuni Sentral Parkda 4,7 sm, La-Guardiya aeroportida 5,31 sm va Nyuark aeroportida 5,05 sm yog‘ingarchilik qayd etilgan. AQSh Milliy meteorologiya xizmati Bronks, Bruklin va Kuins tumanlarida qirg‘oqbo‘yi toshqinlari xavfi haqida ogohlantirish e’lon qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Melisa» to‘foni Kubaga yopirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek