O‘zbekistonlik elektriklar Janubiy Koreyada ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ish doimiy mehnat shartnomasi asosida taklif etiladi
O‘zbekistonlik elektriklar Janubiy Koreyada ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekistonlik elektriklar Janubiy Koreyada ishga taklif qilinmoqda. Foto: praewa_koreashopping@hotmail.com / depositphotos

Workmall xususiy bandlik agentligi Janubiy Koreyada joylashgan kemasozlik korxonasiga tajribali elektriklarni ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Ish doimiy mehnat shartnomasi asosida taklif etiladi. Oyiga 264 soatlik ish uchun $1,7 ming maosh to‘lanadi. Qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida haq belgilanadi. Ish beruvchi xodimlarni bepul turarjoy va bir mahal ovqat bilan ta’minlaydi.

Nomzodlar 22 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lishi, bakalavr yoki undan yuqori darajadagi diplomga ega bo‘lishi, sohada kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma va xorijga chiqish pasporti talab etiladi. Saralashdan o‘tganlar koreys tili kurslarida qatnashishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish xorijda ish platformasi orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif etayotgani xabar qilingandi. O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi xodimlari Dubai Taxi Company PJSC rahbari Sayid Amin Abdulrahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zbekistonlik malakali haydovchilarni BAA hududida qonuniy ravishda ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek