O‘zbekiston va Finlyandiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha bayonot imzolandi

eʼlon qilindi
Savdo-iqtisodiy, geologiya, raqamlashtirish, ta’lim va ijtimoiy himoya kabi yo‘nalishlarda
O‘zbekiston va Finlyandiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha bayonot imzolandi / Foto: President.uz

Toshkentda Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hujjat doirasida ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, geologiya, raqamlashtirish, ta’lim va ijtimoiy himoya kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Foto: President.uz

Shuningdek, maktab ta’limida raqamli platformalarni joriy etish, foydali qazilmalarni qazib olish, suv resurslarini boshqarish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish borasida ham qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

Foto: President.uz

Marosimda ushbu sohalarga oid bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Foto: President.uz

Sammit yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi o‘tkazildi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdi. Ushbu ramziy tadbir O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanib borayotganining ifodasi bo‘ldi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari 1 milliard yevrolik hamkorlik loyihalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek