Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi — video
eʼlon qilindi
6,8 magnitudali

3-noyabr kuni soat 01:29 da Afg‘onistonning Samangon viloyatida 6,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik markaz ma’lum qildi.
Unga koilzila o‘chog‘ining chuqurligi 30 km ni tashkil etdi.
O‘zbekistonning janubiy hududlarida ham silkinishlar sezildi. Surxondaryoda 5 ball, Qashqadaryoda 3-4 ball, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida 3 ball atrofida, Toshkent va Farg‘onada esa 2-3 ball kuch bilan sezildi.
Episentr Toshkentdan taxminan 557 km janubi-g‘arbda joylashgan. Hozircha talafotlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sezilgan edi.