Mitsubishi yangi Elevance konseptini taqdim etdi — foto

3-noyabr 2025 11:32 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Mitsubishi yangi Elevance konseptini taqdim etdi / Foto: Mitsubishi

Yaponiyaning Mitsubishi Motors kompaniyasi uch qatorli, futuristik Elevance yo‘ltanlamas konseptini namoyish etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.

Model to‘rtta elektromotor, S-AWC to‘liq tortish tizimi va uglerodga neytral yonilg‘ida ishlovchi dvigatelga ega gibrid tizim bilan jihozlangan.

Salon uch qatorli bo‘lib, old o‘rindiqlar orqaga buriladi, markazda esa harakat rejimlarini tanlash sensorli boshqaruvi joylashgan. Sun’iy intellektli Co-Driver tizimi yo‘l sharoitini tahlil qilib, optimal rejimni tanlaydi.

Foto: Mitsubishi

Avtomobil bilan birga glamping tirkamasi ham taqdim etildi – unda ikki kishilik yotoq, mini oshxona va dush mavjud. Mutaxassislar fikricha, yangi Mitsubishi Pajero Sport aynan Elevance asosida ishlab chiqilishi mumkin.

Foto: Mitsubishi

Shuningdek, kompaniya vakillari Elevance’ni kelajakdagi mustaqil ekspeditsiyalar uchun mo‘ljallangan aqlli krossover sifatida tasvirlashdi. Katta sig‘imli akkumulyator tufayli u uzoq masofalarda maishiy qurilmalarni quvvatlantirish imkonini beradi. Avtomobil salonida ekologik materiallar ishlatilgan bo‘lib, yoritish tizimi foydalanuvchi kayfiyatiga mos ravishda sozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota yangi Century Coupe modelini taqdim etgan edi.

Shuningdek