Ichki ishlar tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov lavozimidan ozod etildi
                    
                            
Prezident qarori va farmoyishlariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligida bir qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, farmoyish bilan Rustam Raxmonovich Tursunov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank rahbarining sobiq o‘rinbosari Namangan shahriga hokim bo‘lgan edi.