Prezident amaliy tashrif bilan Qatarga keldi

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Doha shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston yetakchisini Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi. Prezident kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish kabi masalalarda yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Jahon sammiti doirasida oliy darajadagi muzokaralar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident YUNЕSKOning 43-sessiyasida beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.