Termiz shahriga 35 ta yangi avtobus olib kelindi

Surxondaryo viloyati Termiz shahriga 35 ta yangi avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Yaqinda foydalanishga topshirilgan Manguzar avtoshohbekatida avtobuslarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Xitoy kompaniyasi vakillari, transport sohasi mutasaddilari, jamoat faollari va nuroniylar ishtirok etdi.

Yangi avtobuslar zamonaviy texnik talablarga to‘liq javob beradi, ekologik toza va energiya tejamkor hisoblanadi. Ular yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lib, shahar ichki yo‘nalishlarida «Brutto» shartnomasi asosida qatnovni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda 12 ta yo‘nalishdagi avtobuslar yangisiga almashtirilgani haqida yozgan edi.