2026-yildan boshlab chiqindi to‘lovlari faqat onlayn amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
Internetga ulanmagan hududlarda to‘lovlar tijorat banklari kassalari yoki «O‘zbekiston pochtasi» orqali amalga oshiriladi
2026-yildan chiqindi to‘lovlari faqat onlayn amalga oshiriladi
2026-yildan chiqindi to‘lovlari faqat onlayn amalga oshiriladi / Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

2026-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat onlayn tarzda barcha elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiradi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Bu chora aholiga qulay to‘lov tizimini yaratish, billing hisoblarini shaffof yuritish va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joriy qilinmoqda. Internetga ulanmagan hududlarda esa to‘lovlar tijorat banklari kassalari yoki «O‘zbekiston pochtasi» orqali amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, undirilgan to‘lovlar sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta ishlash punktlari, poligonlar va ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekistonda chiqindi xizmatlari boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlgan abonentlar elektr energiyasi uchun toʻlovni amalga oshira olmaydi. Har oyning 3-sanasiga qadar «Toza makon» tizimidan qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar «Hududiy elektr tarmoqlari» tizimiga avtomatik uzatiladi. 5-sanasigacha esa abonentlarga 2100 qisqa raqamidan SMS-ogohlantirish yuboriladi.

Shuningdek