Amazon va OpenAI $38 milliardlik bitim imzoladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Hamkorlik 2032-yilgacha davom etadi
OpenAI
Foto: Unsplash

Amazon Web Services (AWS) va OpenAI o‘rtasida $38 milliardlik kelishuv tuzildi. Ushbu hamkorlik orqali OpenAI Nvidia ishlab chiqargan ilg‘or chiplaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«AWS’ning ilg‘or infratuzilmasi OpenAI’ning sun’iy intellekt sohasidagi ambitsiyalarini ro‘yobga chiqarishda asos bo‘ladi», – dedi Amazon Web Services bosh direktori Met Garman.

Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, OpenAI sun’iy intellekt yo‘nalishida yetakchilardan biriga aylangan va butun texnologik sohani o‘zgartirib yuborgan. Kompaniya o‘z sun’iy intellekt modellarini rivojlantirish uchun $1,4 trillion sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida OpenAI Microsoft bilan ham hamkorlik boshlaganini e’lon qilgandi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, Windows operatsion tizimi ishlab chiquvchisi kompaniyaning tijoriy tuzilmasidan 27 foiz ulushni qo‘lga kiritadi va yetti yil davomida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Microsoft sun’iy intellektga $80 milliard sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek