AQSh sobiq vitse-prezidenti Dik Cheyni 84 yoshida vafot etdi

eʼlon qilindi
U so‘nggi prezidentlik saylovida Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlagan
AQSh sobiq vitse-prezidenti Dik Cheyni 84 yoshida vafot etdi
Foto: Kursiv Media

AQSh sobiq vitse-prezidenti Dik Cheyni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Dik Cheyni 2001–2009-yillarda prezident Jorj Bush ma’muriyatida vitse-prezident lavozimini egallagan. Cheyni global terrorizmga qarshi urush tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan.

Cheyni keyingi yillarda respublikachilar orasida Donald Tramp siyosatiga qarshi chiqqan kam sonli nufuzli arboblardan biri bo‘ldi. U so‘nggi prezidentlik saylovida Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlagan.

U mamlakat tarixidagi eng ta’sirli vitse-prezidentlardan biri va terrorizmga qarshi urush siyosatining muallifi sifatida tilga olinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 82 yoshli Jo Baydenga saraton tashxisi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek