Xavfsizlik kamari taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar roʻyxati e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Mazkur holat olti oylik muddatli QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan avtomobil xavfsizlik kamarini taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar roʻyxati e’lon qilindi. Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishish mumkin:
| № | Kasalliklar va holatlar nomi |
|---|---|
| 1 | Umrov va toʻsh suyagi sinishi |
| 2 | Yelka kamari sinishi |
| 3 | Qovurgʻalari sinishi |
| 4 | Umurtqa pogʻonasining kompression sinishi |
| 5 | Oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich) |
| 6 | Bronxial astma (IV bosqich) |
| 7 | Oʻpkaning interstetsial zararlanishi |
| 8 | Oʻpkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki oʻng) olib tashlanishi |
| 9 | Surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi |
| 10 | III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40) |
| 11 | Past boʻylik (nanizm) 150 smdan past |
| 12 | Qoʻl yoki yelka harakatining cheklovchi nevrologik kasalliklari |
| 13 | Terining koʻkrak qismida joylashgan ogʻir allergik yoki dermatologik kasalliklarining ogʻir shakllari (ekzema, psoriaz) |
| 14 | Koʻkrak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar qoʻyilishi |
| 15 | Koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻida oʻtkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar |
| 16 | Stomalar (sun’iy chiqish yoʻli) qoʻyilishi |
| 17 | Koʻkrak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (oʻsma) |
| 18 | Homilador ayollar |
Ushbu holatlar «Elektron sogʻliqni saqlash» tizimi orqali QR-kodli elektron tibbiy ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi va uning amal qilish muddati olti oyni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda barcha xususiy avtomaktablar yopilishi haqida xabar bergan edik.