Rossiyada yil davomida harbiy xizmatga chaqirish tartibi joriy etildi

eʼlon qilindi
Yangi tartib 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi
Rossiyada yil davomida harbiy xizmatga chaqirish tartibi joriy etildi / Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yil davomida harbiy xizmatga chaqirish imkonini beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda TASS nashri ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, chaqiriluvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, psixologik tanlovdan o‘tadi va chaqirish komissiyasi yig‘ilishlari o‘tkaziladi, ammo xizmatga yuborish yiliga ikki marta amalga oshiriladi – 1-apreldan 15-iyulgacha va 1-oktabrdan 31-dekabrgacha.

Ba’zi fuqarolar uchun alohida muddatlar belgilanadi: qishloq aholisi 15-oktabrdan 31-dekabrgacha, pedagoglar 1-maydan 15-iyulgacha, shimoliy hududlar aholisi esa 1-maydan 15-iyulgacha yoki 1-noyabrdan 31-dekabrgacha chaqiriladi.

Qonunga ko‘ra, elektron chaqiruvda chaqiriluvchining harbiy komissariyaga kelishi uchun belgilangan sana 30 kundan oshmasligi kerak. Chaqirish komissiyasi shaxsan ko‘rmasdan ham xizmatni kechiktirish yoki ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Harbiy komissariyatlar fuqarolarga harbiy hisobdan ma’lumotnomalarni, jumladan, elektron shaklda ham berish huquqiga ega bo‘ladi.

Yil davomida chaqirish tartibi 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi va chaqirish punktlariga yukni teng taqsimlash hamda chaqirish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Nig‘matilla Yo‘ldoshevni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagan edi.

Shuningdek