Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

5-noyabr kuni soat 10:58 da Tojikiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila magnitudasi 4,3, chuqurligi esa 12 kmni tashkil etgan.
Zilzilaning episentri Sug‘d viloyatida, Toshkent shahridan 133 km janubi-g‘arbda joylashgan. Koordinatalar: 40,07° shimoliy kenglik, 69,08° sharqiy uzunlik.
Episentrda yer silkinishi 5 ballgacha sezilgan. O‘zbekiston hududida esa Sirdaryo viloyatida 2–3 ball atrofida tebranish kuzatilgan. Mazkur hudud zilzila markazidan 54 km uzoqlikda joylashgan.
Hozircha zilzila oqibatida zarar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Mutaxassislar holatni monitoring qilishni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Afg‘oniston shimolidagi zilzila oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgani aytilgani haqida yozgan edi.