Yil boshidan beri AQShga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 13 ming nafarga yetdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga ko‘p
AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy etildi
AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy etildi / Foto: US Dream

2025-yilning yanvar–sentabr oylarida jami 12,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQShga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 9,3 foizga ko‘p. Safarlarda 9,2 ming nafar fuqaro sayohat uchun, 3,1 ming nafar qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 304 nafar o‘qish uchun, 273 nafar xizmat safari uchun, 26 nafar esa davolanish uchun bo‘lgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketayotganlar soni 9,4 foizga kamaygani haqida yozgandi.

Shuningdek, AQSh fuqarolari O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha vizasiz bo‘lib turish huquqiga ega bo‘lishi haqida prezident farmoni e’lon qilindi.

Shuningdek