Chilonzorda noqonuniy qurilgan mehmonxona buzib tashlandi

eʼlon qilindi
Mehmonxona shaharsozlik me’yorlariga mos kelmagan
Foto: Chilonzor tuman hokimligi

Toshkent shahrining Chilonzor tumani Gavhar ko‘chasida joylashgan «Adras» mehmonxonasi tegishli tashkilotlar xulosasiga ko‘ra noqonuniy deb topildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, shaharsozlik me’yorlariga mos kelmagani bois tuman va shahar hokimligi vakillari tomonidan mehmonxonani buzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Video: Chilonzor tuman hokimligi

«Shu o‘rinda, tumandoshlarimiz va yurtdoshlarimizdan tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qurmoqchi bo‘lgan qurilmalarni qonun doirasida tegishli ruxsatnomalar olingandan keyin qurishni boshlashlarini tavsiya qilib qolamiz», — deyiladi hokimlik xabarida.

Video: Chilonzor tuman hokimligi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahar prokuraturasi Grand Mir mehmonxonasi bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirgani haqida yozgandi.

Shuningdek