YChL. «Barselona» Belgiyada durang o‘ynadi, «Nyukasl» uyida Ispan klubidan ustun keldi

6-noyabr 2025 11:14 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
YChLning 4-tur bahslari yakunlandi
Foto: Sports.ru

Chempionlar ligasining 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur turda ham bir-biridan kutilmagan natijalar qayd etildi.

«Nyukasl» – «Atletik» 2:0

«Nyukasl» «Barselona»ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Eddi Hau shogirdlari bu safar Bilbaoning «Atletik» klubidan ustun keldi. Den Bern va Joelintonning gollari «Atletik»ning mag‘lubiyatida sabab bo‘ldi.

«Bryugge» – «Barselona» 3:3

Belgiyada haqiqiy gollar shousi bo‘ldi. «Barselona» mahalliy «Bryugge» klubi bilan kuch sinashdi. Mezbonlar Ispaniya grandini ajablantira oldi. Ferran Torres va Lamin Yamalning gollari Flik jamoasiga durangni ta’minladi. «Bryugge» so‘nggi daqiqalarda g‘alabaga yaqin keldi, biroq VAR golni bekor qildi.

«Man Siti» – «Borussiya» D 4:1

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Borussiya»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Foden dubl qayd etdi, Holand esa sobiq jamoasiga gol urdi. Bu norvegiyalikning Chempionlar ligasidagi 54-goli bo‘ldi. Abduqodir Husanov zaxirada qoldi.

«Benfika» – «Bayer» 0:1

«Benfika» to‘rtinchi o‘yinda ham yutqazdi. Bu safar raqib «Bayer» bo‘ldi. Portugal jamoasi ustun o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, natija yo‘q. Nemislar bitta imkoniyatni golga aylantirdi.

«Marsel» – «Atalanta» 0:1

«Marsel» o‘z uyida «Atalanta»ni qabul qildi. O‘yinda eng katta bahs «Atalanta» himoyachisining qo‘l bilan o‘ynagani uchun penalti berilmagani bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tmay, italiyaliklar g‘alaba golini urishdi. Yakunda «Atalanta» g‘alabani ilib ketdi.

«Ayaks» – «Galatasaroy» 0:3

«Ayaks» va «Galatasaroy» uchrashuvida Viktor Osimhen het-trik qayd etdi va Turklarningi 3:0 hisobida g‘alabasini ta’minladi. Shu tariqa «Galatasaroy» klubi guruhdagi yetakchilardan biriga aylandi.

«Qorabog‘» – «Chelsi» 2:2

Boku shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Chelsi» kutilmaganda ochko yo‘qotdi. Londonliklar «Qorabog‘» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Shu bilan birga, Kipr klubi «Pafos» o‘z tarixidagi ilk Chempionlar ligasi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoa «Vilyarreal»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z orzusini ro‘yobga chiqardi.

«Inter» – «Qayrat» 2:1

«Qayrat» Chempionlar ligasida ilk bor «Inter» darvozasini ishg‘ol qildi, biroq g‘alaba milanliklarga nasib etdi. Tajriba o‘z so‘zini aytdi va «Inter» g‘alabani nishonladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChLning 4-turni uchrashuvlari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek