Yandex Go Qo‘ng‘irot shahrida ishga tushdi
eʼlon qilindi
Yo‘l haqi 5 ming so‘mdan boshlanadi

Yandex Go yo‘lovchi tashish xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot shahrida ish boshladi. Yo‘l haqi 5 ming so‘mdan boshlanadi.
Har bir safar doirasida yo‘lovchilar va haydovchilar uchun bepul sug‘urta dasturi amal qiladi. Ilova Yandex’ning ilg‘or texnologiyalaridan — xaritalar, navigatsiya va sun’iy intellekt asosidagi buyurtma taqsimlash tizimidan foydalanadi.
Qo‘ng‘irot Yandex Go xizmati yo‘lga qo‘yilgan O‘zbekistonning 20-shahri bo‘ldi. Kompaniya yil oxirigacha mamlakatning yana bir necha shaharida xizmatni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Go taksi xizmatini kar va zaif eshituvchilar uchun moslashtirgani haqida yozgandi.