Ilon Mask dunyodagi eng qudratli kompyuter qurilayotganini ma’lum qildi

Ilon Mask Memfis shahrida barpo etilayotgan ulkan superkompyuter majmuasida 2 mingdan ortiq ishchi ishlayotganini tasdiqladi. Bu loyiha Maskning yangi Macrohard tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.
xAI Memphis rasmiy kanali qurilish maydonchasida 2 mingdan ziyod ishchi dunyodagi eng kuchli kompyuterni yaratayotganini ma’lum qilgach, Mask ushbu xabarni qayta ulashdi.

Mask avvalroq Memfisdagi superkompyuter joylashadigan binoning tomiga Colossus II uchun ulkan Macrohard yozuvi tushirilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yozuv shunchalik katta bo‘ladiki, kosmosdan ham ko‘rinadi.
Tadbirkor yaqinda xAI’dan tashqari yana bir kompaniya tashkil qilayotganini ham ma’lum qilgan. U sun’iy intellekt uchun maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqadigan Macrohard nomli yangi kompaniyani yo‘lga qo‘ymoqchi.
Memfisdа qurilayotgan yangi majmua xAI’ning ilg‘or sun’iy intellekt tizimlari, xususan, Grok modelining o‘qitilishi va ishlashini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Avvalroq Tesla boshqaruv kengashi Ilon Maskka rekord kompensatsiya taklif qilayotgani haqida yozgan edik.