Chevrolet Captiva gibrid avtomobili sotuvga chiqarildi — foto

6-noyabr 2025 16:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Captiva
Chevrolet Captiva gibrid avtomobili / Foto: GMAutority

GM iyun oyida global namoyish qilgan 2026 Chevrolet Captiva gibrid avtomobili Meksika bozorida rasmiy ravishda sotuvga chiqarildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Model Chevrolet brendi uchun Meksikadagi birinchi plug-in gibrid avtomobil bo‘lib, kompaniyaning krossover segmentidagi taklifini yanada kengaytiradi.

Foto: GMAutority

Chevrolet Meksika marketing boshlig‘i Anxel Pachekoning ta’kidlashicha, yangi Captiva PHEV kompaniyaning yangilanish jarayonidagi muhim qadam bo‘lib, zamonaviy dizayn, aqlli texnologiya va yuqori samaradorlikni izlayotgan meksikalik oilalar uchun yaratilgan.

Yangi Captiva PHEV Meksikada LT va Premier komplektatsiyalarida taqdim etildi. Model shahar sharoitida to‘liq elektr avtomobilga xos haydash tajribasini, uzoq masofada esa gibrid tizimning tejamkorligini taklif etadi.

Foto: GMAutority

Texnik jihatdan, Captiva PHEV ikki dvigatelli quvvat tizimiga ega:

  • 150 kVt (201 ot kuchi) quvvatga ega elektromotor;
  • 1.5 litrli, 78 kVt (105 ot kuchi) benzinli dvigatel.

Ular birgalikda quvvatni oshiradi, masofani uzaytiradi va yonilg‘i iste’molini kamaytiradi. 20,5 kVt/soat hajmdagi batareya va yoqilg‘i baki bilan model EPA protokoli bo‘yicha 1 075 km umumiy masofa bosib o‘tadi.

Foto: GMAutority

Captiva PHEV noyabr oyi oxiridan boshlab Meksikadagi Chevrolet dilerlarida sotuvga chiqariladi. Dastlabki avtomobillar Xitoyda joylashgan SAIC-GM-Wuling zavodlaridan import qilinadi. Xaridorlar uchun oltita tashqi rang, ikki xil salon ranglari va aksessuarlar to‘plami taklif etiladi.

Foto: GMAutority

Narxlar:

  • 2026 Captiva PHEV LT — 569 900 peso (taxminan $30 650);
  • 2026 Captiva PHEV Premier — 599 900 peso (taxminan $32 250).

Yangi plug-in gibrid Captiva Meksika bozorida Chevrolet’ning eng muhim yangiliklaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Foto: GMAutority

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet’ning yangi avtomobili Yaqin Sharq mamlakatlarida savdoga chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek