Jizzaxga o‘nta zamonaviy avtobus olib kelindi
eʼlon qilindi
Ankai rusumli

Jizzax viloyatida yo‘lovchi tashish tizimini modernizatsiya qilish va qulay, xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida shahar jamoat transporti tarkibi yangilanmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Shu doirada «Jizzax tekstil logistika» MCHJ tomonidan Jizzax shahriga o‘nta zamonaviy Ankai rusumli avtobus olib kelindi. Yangi avtobuslar shahar ichi yo‘nalishlarida ishlatiladi va brutto-shartnoma asosida yo‘nalishlarga joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz shahriga 35 ta yangi avtobus olib kelingan edi.