Ilon Maskning $1 trillionlik mukofoti Tesla aksiyadorlari tomonidan ma’qullandi

eʼlon qilindi
75 foizdan ortig‘i
Ilon Maskning $1 trillionlik mukofoti Tesla aksiyadorlari tomonidan ma’qullandi / Foto: Gonzalo Fuentes/Reuters

Tesla kompaniyasi bosh direktori Ilon Mask tarixdagi eng yirik korporativ mukofotni olish uchun aksiyadorlardan ruxsat oldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Kompaniya yillik yig‘ilishida 75 foizdan ortiq aksiyadorlar Maskning 1 trillion dollarlik aksiyalar rejasini ma’qulladi.

Mazkur qaror Tesla’ning kelajagi uchun muhim, chunki kompaniya Maskning sun’iy intellekt, robototexnika va o‘zini boshqaruvchi avtomobillar haqidagi rejalariga tayanadi.

Mask o‘z nutqida «Tesla kelajagining yangi bobini emas, butunlay yangi kitobini yozmoqdamiz», deya ta’kidladi. U tez orada ruli bo‘lmagan «Cybercab» robotaksisini ishlab chiqarishni boshlashini va yangi avlod «Roadster» elektromobilini taqdim etishini bildirdi.

Ba’zi yirik investorlar bu reja haddan tashqari qimmatligini aytishgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni Maskni kompaniyada ushlab qolish uchun zarur deb hisoblaydi. Reja bo‘yicha u Tesla’ning yirik maqsadlariga – 20 mln avtomobil ishlab chiqish, 1 mln robotaksi ishga tushirish va 1 mln robot sotishga erishsa, bosqichma-bosqich mukofot oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Neuralink bemori tez orada kuchaytirilgan chip olishini aytgan edi.

Shuningdek