Freedom Holding Qozogʻistonda 2 mlrd dollarlik sun’iy intellekt markazini tashkil qiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning mavqeyini mustahkamlashga xizmat qiladi
Искусственный интеллект
Foto: Orange

Qozogʻiston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi hamda Freedom Holding Corp. strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Ushbu kelishuv doirasida mamlakatda zamonaviy sun’iy intellekt markazi barpo etiladi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, loyiha Qozogʻiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining sunʼiy intellekt sohasidagi yetakchiligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Markaz Nvidia infratuzilmasi asosida jihozlanadi, boshqaruv esa Freedom Holding Corp. zimmasida boʻladi. Loyihaga kiritiladigan investitsiyalar hajmi $2 milliardni tashkil etadi va kompaniya asosiy investor sifatida ishtirok etadi.

«Biz Qozogʻistonning global sunʼiy intellekt sanoatidagi oʻrnini kuchaytirishga qaratilgan ushbu keng koʻlamli tashabbusga qoʻshilayotganimizdan mamnunmiz. Tajribamiz Nvidia texnologiyalari va vazirlikning strategik qarashlari Markaziy Osiyoda SI innovatsiyalar uchun mustahkam poydevor yaratadi», – dedi Freedom Holding Corp. bosh direktori Timur Turlov.

Raqamli texnologiyalar vazirligi markaz uchun texnik baza va sharoitlarni ta’minlaydi, shuningdek, Akademiya va SI tadqiqot laboratoriyasini yaratishda koʻmaklashadi.

Hamkorlikning yana bir qismi sifatida165 ming qozogʻistonlik pedagog ChatGPT Edu — ChatGPTʼning oʻquv versiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu boradagi shartnoma Freedom Holding, OpenAI va Qozogʻiston hukumati tomonidan imzolangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpogʻistonda xorijiy sunʼiy intellekt loyihalariga soliq imtiyozlari berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek