Fond bozori: 20 ta tashkilot aksiyasi tushdi

eʼlon qilindi
31-oktabrdan 7-noyabrgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashib, qaysilari arzonlashdi
Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashib, qaysilari arzonlashdi / Foto: depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 31-oktabrdan 7-noyabrgacha bo‘lgan davrda salbiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 4,28 foizga tushdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 7,96 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» (+5,80%) va «Uzbekinvest» (+5,28%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Qizilqumsement» aksiyalari 5,82 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «UzAuto Motors» (-5,14%) va «Biznesni rivojlantirish banki» (-5%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.

Ushbu davrda yuqori likvidli aksiyalardan to‘qqiztasi haftani ijobiy, 20 tasi salbiy natija bilan yakunladi.

O‘tgan haftada «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da UCI fond indeksi UCI fond indeksi 0,33 foizga oshgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 13,11 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» (+8,41%) va «UzAuto Motors» (+7,22%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Shuningdek