
Samsung Galaxy S26 va S26 Plus kamerasi haqida asosiy ma’lumotlarni paydo bo‘ldi. Bu haqda Smartprix xabar bermoqda.
Ikkala modelda 12 megapikselli Sony IMX564 ultra-keng kamera ishlatiladi. Bu kamera avvalgi avlodlarda ham qo‘llangan.
Asosiy kamera 50 megapiksel bo‘lib qoladi. Biroq Samsung uni yangi ISOCELL S5KGNG sensorga almashtiradi. Sensor yangi, lekin hajmi o‘zgarmaydi.
Muhim yangilik telekamera bo‘lib, 3 baravar zum moduli endi 12 megapiksel bo‘ladi. Samsung ISOCELL S5K3LD sensori ishlatiladi. Bu o‘zgarish Galaxy S26 Ultra haqida chiqqan ma’lumotlarga mos keladi.
Batareya sig‘imi ham ma’lum bo‘ldi. Galaxy S26 4300 mA/soat quvvat oladi. Galaxy S26 Plus esa 4900 mA·soat bilan keladi. Galaxy S25 modeli 4000 mA/soat edi.
Yana bir ijobiy o‘zgarish APV kodening qo‘shilishidir. Samsung Advanced Professional Video endi bazaviy modellar uchun ham ochiladi. Bu funksiya 4K 60 fps videoni old va orqa kamerada yozishga ruxsat beradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S27 Ultra yangi yuzni aniqlash texnologiyasiga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.