«Navoiyuran» 3,7 trln so‘m sof foyda ko‘rdi

eʼlon qilindi
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,6 foiz ko‘pdir
uran
Foto: Depositphotos

«Navoiyuran» DK 2025-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha 3,7 trln so‘m sof foyda qayd etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,6 foiz ko‘pdir. III chorakda korxonaning sof foydasi yillik hisobda 149,2 foiz o‘sib, 1,9 trln so‘mga yetdi.

Kompaniya moliyaviy bozordagi faol ishtirokini ham kengaytirmoqda. 2025-yil iyun oyida «Navoiyuran» London fond birjasida $300 mln.lik yevrobondlarni 5 yil muddatga, 6,7 foizlik past kupon stavkasi bilan muvaffaqiyatli joylashtirgan edi. 2026-yilning ikkinchi yarmida esa xalqaro va mahalliy fond bozorlarida 10 – 15 foiz aksiyalarini joylashtirib IPO o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Uran bozori so‘nggi oylar davomida keskin faollashdi. Narxlar bir funt uchun $83,45 gacha ko‘tarilib, bir yil ichidagi eng yuqori darajaga chiqdi. Bunga investitsiya fondlarining faol xaridlari, yadro yonilg‘isiga bo‘lgan talabning o‘sishi kutilayotgani va AQShning strategik zaxiralarni kengaytirish rejasi kuchli turtki bo‘ldi.

Jahon yadro assotsiatsiyasi prognoziga ko‘ra, 2030-yilgacha global uran talabi 28 foizga oshadi. Bu esa narxlarning yanada ko‘tarilish ehtimolini mustahkamlaydi va «Navoiyuran» DKning bozordagi pozitsiyasini kuchaytirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekiston MDH davlatlari orasida uran zaxiralari bo‘yicha ikkinchi o‘rindaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek