O‘zbekistonda Burger King’ning ilk filiali bir yarim oy ichida ochilishi mumkin

eʼlon qilindi
Shu muddat ichida birinchi nuqtalar ishga tushadi
O‘zbekistonda Burger King’ning ilk filiali bir yarim oy ichida ochilishi mumkin / Foto: Shutterstock

Burger King’ning birinchi restoranlari O‘zbekistonda bir oy – bir yarim oy ichida ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston 24 kanaliga International Beverages Tashkent kompaniyasi asoschisi Shuhrat Ergashov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur kompaniya Burger King’ni mamlakatga jalb qilmoqda. Uning aytishicha, yangi bozorlarga chiqishdan oldin kompaniya odatda raqobatchilar, masalan, McDonald’s mavjudligini baholaydi. Kutilishicha, bir yarim oy ichida birinchi nuqtalar ishga tushadi va vaqt o‘tishi bilan restoranlar butun mamlakat bo‘ylab ochilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Burger King 1954-yilda AQShning Florida shtatida tashkil etilgan global tezkor ovqatlanish tarmog‘idir. U Restaurant Brands International Inc. (RBI) kompaniyasi tomonidan boshqariladi. 2024-yilda uning global savdosi 5,4 % ga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Burger King’ning ilk filiali Alpomish muz saroyi yonida ochilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek