
Nissan AQSh bozorida Sentra sedanining to‘qqizinchi avlodini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Model avvalgi platforma va 2,0 litrli benzinli dvigatelni saqlagan holda to‘liq yangilangan dizayn va zamonaviy interyerga ega bo‘ldi. Dvigatel 149 ot kuchiga ega va variator bilan ishlaydi.

Mashina S, SV, SR va SL to‘rt komplektatsiyada taklif etiladi, narxi $23,6 mingdan $29,2 minggacha. Dinamik ko‘rinishi V-shaklidagi radiator panjarasi, tor LED faralar va sport detalari bilan ajralib turadi.

Salonida Nissan Connect multimediya tizimi, 12,3 dyuymli markaziy ekran, 7 dyuymli raqamli panel, simsiz Apple CarPlay va Android Auto mavjud. Flagman SL komplektatsiyasida ProPilot Assist, moslashuvchan kruiz-kontrol, aqlli tormozlash va 360° kuzatuv tizimi qo‘shilgan. Interyer premium uslubda, TailorFit «olmos» tikuv va Bose 8 dinamikli audio tizimi bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan yangi avlod Elgrand minivenini taqdim etgan edi.