Akfa Group AQShda 600 million dollarlik zavod qurilishini boshladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

eʼlon qilindi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kentukki shtatida
Foto: «O‘zbekiston 24»

Akfa Group kompaniyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kentukki shtatida yirik ishlab chiqarish majmuasini qurishni boshladi. Loyiha qiymati $600 millionni tashkil etadi. Bu haqda kompaniya asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi zavodda alyuminiy mahsulotlari, avtomobil butlovchi qismlari, quyosh batareyalari va derazalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

«Bu yerda alyuminiy, avtomobil va oynalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan fabrikani boshladik. Birinchi bosqichda $105 millionlik investitsiya jalb qilinmoqda. Umuman olganda, loyiha qiymati $600 millionni tashkil etadi», — dedi Ortiqxo‘jayev.

Kompaniya loyihani turk hamkorlari bilan birgalikda amalga oshirmoqda. Qurilish yakunlangach, majmua AQShning sanoat bozorida O‘zbekiston brendi ostida ishlab chiqarilgan alyuminiy va avtomobil qismlari bilan chiqish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018–2023-yillarda Toshkent shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda u Akfa Group hamda unga qarashli bir nechta xalqaro loyihalarning asosiy tashabbuskori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va AQSh kosmik texnologiyalar sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgandi.

Shuningdek