«O‘zgidromet» Toshkentda havo sifati yomonlashgani sabab niqob taqishni tasviya etdi

Toshkent va Andijon shaharlarida havo ifloslanish darajasi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Asosan, Toshkent shahrida PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 189 mkg/m³ ni tashkil qilib, ruxsat etilgan me’yordan oshmagan. Ammo PM2.5 zarrachalar miqdori 143 mkg/m³ bo‘lib, bu me’yordan 2,4 baravar yuqori.

Andijon shahrida esa PM10 zarrachalar miqdori 502 mkg/m³ bo‘lib, me’yordan 1 baravar yuqori, PM2.5 zarrachalar esa 314 mkg/m³ ni tashkil etgan. Bu ruxsat etilgan me’yordan qariyb 9 baravar ko‘p.
«O‘zgidromet» aholiga ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishni, shuningdek, tashqariga chiqqanda niqob taqish va ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etdi.
Avvalroq yerga magnit bo‘ronlari yaqinlashayotgani haqida xabar berilgandi. Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasining xabar berishicha, birinchi to‘lqin o‘rtacha darajadagi «G2» magnit bo‘ronini keltirib chiqaradi.
Mutaxassislar hisoblashicha, M1.7 darajadagi to‘lqin nisbatan kichik portlashdan chiqqan plazma oqimi 24 soat ichida Yer magnitosferasiga yetib kelib, o‘rtacha ta’sir ko‘rsatadi.