Pora bilan qo‘lga olingan sobiq sud raisi 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

eʼlon qilindi
Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi sobiq raisi Yunusjon Egamberdiyev
Pora bilan qo‘lga olingan sobiq sud raisi 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi / Foto: Pexels.com

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sobiq sud raisi Yunusjon Egamberdiyev 10,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2025-yil 17-oktabr kuni sobiq sud raisiga hukm o‘qidi. U Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 10,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, 2,5 yil davomida mansab lavozimlarida hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum etildi.

Sud qaroriga ko‘ra, taraflar belgilangan tartibda Oliy sudga apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Egamberdiyev joriy yilning may oyida boshqa sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddatini qisqartirishini va’da qilib, sudlangan shaxsning onasidan $30 ming olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangandi.

Avvalroq Jizzaxda sudya yordamchisi pora olayotganda ushlangani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, u Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolga turmush o‘rtog‘i bilan ajrim jarayonini tezlashtirib berishini va er-xotin o‘rtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berishini va’da qilgan. Buning evaziga esa $300 talab qilgan.

Shuningdek