Uorren Baffett 1,3 mlrd dollarni xayriya ishlariga yo‘naltiradi

eʼlon qilindi
U yil oxirida Berkshire Hathaway bosh direktori lavozimini tark etadi
Баффетт
Foto: AP Photo / Nati Harnik

Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet aksiyodorlarga yoʻllagan navbatdagi maktubida $1,3 milliard miqdoridagi aktivlarini xayriya tashkilotlariga yoʻnaltirishini malum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu maqsadga erishish uchun Baffett Berkshire Hathaway kompaniyasining «A» toifasidagi 1,8 ming dona aksiyasini «B» toifasidagi 2,7 million dona qimmatli qog‘ozga almashtirdi.

Aksiyalar oilaning xayriya jamg‘armalariga o‘tkaziladi. Syuzan Tompson Baffett jamg‘armasiga 1,5 million dona, Govard Baffett, The Sherwood Foundation va NoVo jamg‘armalarining har biriga 400 ming donadan beriladi.

Milliarderning ta’kidlashicha, u umrining qolgan qismida ham farzandlarining xayriya tashkilotlariga mablagʻ ajratish sur’atini oshirish niyatida.

Bafet joriy yil oxirida Berkshire Hathaway bosh direktori lavozimini tark etmoqchi, biroq kompaniya direktorlar kengashi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Uning oʻrniga Greg Abel kelishi kutilmoqda.

Kompaniyaning yanvar – mart oylari boʻyicha hisobotida sof foyda 64 foizga qisqarib, $4,6 milliardni tashkil qilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek