U-17 Jahon chempionati: O‘zbekiston Panama ustidan yirik g‘alabaga erishdi

11-noyabr 2025 20:31 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

Qatarda davom etayotgan U-17 Jahon chempionatining «J» guruhi hal qiluvchi uchinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Panama bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda vakillarimiz ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning birinchi taymning 21-daqiqasida darvozamiz tomon 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi. Darvozabon Ibrohim Shokirov esa penaltini qaytarib, darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Birinchi taymda hisob ochilmadi.

Foto: O‘FA

Ikkinchi taymning 47-daqiqasida Abubakir Shukurulloyev qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. 53-daqiqada esa Sadriddin Hasanov o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni oyog‘i bilan darvozaga yo‘lladi. Sayfiddin Sodiqov 68-daqiqada uchinchi golni kiritdi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Jamshid Rustamov, Asilbek Aliyev va Abdusamad Saidovlar o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishdi. O‘yin so‘ngida Panama hisobni bittaga qisqartirdi. Yakuniy hisob 6:1. Bu natija O‘zbekiston terma jamoasiga 2-o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l olish imkonini berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jahon chempionatining 2-turida O‘zbekiston Irlandiyaga mag‘lub bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek