Prezident Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishiga «start» berdi

eʼlon qilindi
Sig‘imi 55 ming kishini tashkil qiladi
Prezident Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishiga «start» berdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Yangi Toshkentda yirik sport inshooti — zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda futbol sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi: mahalliy chempionatlar tizimi isloh qilindi, bolalar va o‘smirlar akademiyalari tashkil etildi, hududlarda yuzlab stadionlar faoliyat yuritmoqda.

Foto: President.uz

Davlat yetakchisi stadion qurilishini 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Yangi inshoot FIFA talablariga mos, ekologik va «aqlli boshqaruv» tamoyillariga asoslangan holda barpo etiladi, sig‘imi 55 ming kishini tashkil qiladi va Osiyodagi eng zamonaviy stadionlardan biri bo‘ladi.

Foto: President.uz

Prezident stadionni yoshlar uchun ilhom manbai va milliy iftixor ramzi sifatida xizmat qilishi, shuningdek, O‘zbekiston futboli rivojiga katta turtki berishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda sohaning hozirgi holatini aniq misollar bilan tahlil qilgan edi.

Shuningdek