«O‘zmetkombinat» va Italiya kompaniyasi metallurgiya sohasida hamkorlik qiladi
eʼlon qilindi
Yangi texnologiyalarni joriy etish va mavjud loyihalarni kengaytirish maqsadida

«O‘zmetkombinat» bosh direktori Bahodir Abdullaev Italiyadagi Danieli kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Trends nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, rahbarlar uchrashuvda metallurgiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va mavjud loyihalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, Danieli oldin «O‘zmetkombinat»ning Quyish va Valyok Kompleksi (LPC) qurilishida ishtirok etib, zamonaviy tekis po‘lat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Eron o‘zaro savdo hajmini $2 milliardga yetkazmoqchi ekani haqida yozgan edik.