Realme GT 8 Pro Yevropa bozorida noyabr oyi oxiridan sotuvga chiqadi — narxlar

12-noyabr 2025 11:15 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Realme

Realme kompaniyasi o‘zining yangi flagmani Realme GT 8 Pro smartfonini 24-noyabr kuni Yevropa va Buyuk Britaniyada taqdim etadi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Hindistonda esa taqdimot 20-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu model Xitoyda 21-oktabrdan sotuvga chiqqan.

Yevropa uchun ranglar va narxlar

Yevropa bozorida smartfon uchta rangda taqdim etiladi: Unary White, Urban Blue va Aston Martin Racing Green. So‘ngi modeli 16 GB operativ va 512 GB doimiy xotiraga egaligi bilan eksklyuziv bo‘ladi.

Narxlar quyidagicha belgilangan:

  • 12/256 GB versiya – 1,099 yoki 999 yevro;
  • 16/512 GB versiya (oq yoki ko‘k) – 1,199 yoki 1,099 yevro;
  • Aston Martin Green maxsus model – 1,299 yevro.

Yangi modelning narxi o‘tgan yilgi Realme GT 7 Prodan taxminan 100 yevroga yuqori. Narx oshishi batareya hajmi 7 ming mA·soatgacha kengaygani, tezkor zaryadlash va ko‘proq xotira variantlari bilan izohlanmoqda.

Texnik xususiyatlar

Realme GT 8 Pro 6,79 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, 7000 nit maksimal yorqinlikka chiqadi. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi va 120 Vt SuperVOOC tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi flagmanning o‘ziga xos jihati – almashuvchan orqa kamera moduli tizimi, bu foydalanuvchilarga kameraning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkonini beradi, ammo ishlash sifatiga ta’sir qilmaydi.

Kamera imkoniyatlari

Kamera tizimi Ricoh bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan:

  • 50 MP asosiy kamera (OIS bilan);
  • 200 MP periskop telefoto kamera (3x optik zum, OIS bilan);
  • 50 MP ultra keng burchakli linza;
  • 32 MP old kamera.

Yevropa bozorida sotuvga chiqish chog‘ida Realme maxsus to‘plam ham taklif etadi. Xaridorlarga Realme Buds Clip simsiz quloqchinlari, 120 Vt zaryadlovchi qurilma va kamera moduli uchun dekorativ qoplamalar sovg‘a sifatida taqdim qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme GT 8 smartfonining dizayni taqdimotdan avval ochiqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek