Xiaomi SU7 elektromobillari 6 haftada yetkazib beriladi

12-noyabr 2025 15:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi
Foto: Xiaomi

Xitoyda Xiaomi SU7 Pro va SU7 Max elektromobillari uchun yetkazib berish muddati keskin qisqardi. Avtomobillarni 6–9 haftada olish mumkin.

Mutaxassislar bu holatni Xiaomi zavodlarining ishlab chiqarish quvvatining oshgani yoki buyurtmalar hajmining o‘zgarishi bilan izohlashmoqda. Noyabr oyida buyurtma bergan mijozlar hali yil yakunigacha avtomobillarini qabul qilib olishlari mumkin. Bu esa 2026-yilgi xaridlarga nisbatan yanada qulay soliq imtiyozlarini qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Eng yuqori darajadagi SU7 Ultra modeli esa allaqachon sentabrdan beri 6–9 haftalik yetkazib berish jadvaliga ega edi. Shu bilan birga, boshqa model — Xiaomi YU7 uchun hali ham 32–38 haftalik kutish zarur.

Foto: CarNewsChina

Kompaniya Pekindagi II va III bosqich zavodlarini hamda Uxan shahridagi yangi ishlab chiqarish majmuasini ishga tushirmoqchi. 2026-yilga borib yiliga 1 mln dona avtomobil ishlab chiqarishni, umumiy quvvatni esa 1,2 mln donagacha yetkazishni maqsad qilgan.

Hozirda kompaniyaning Pekin I bosqich zavodi yiliga 150 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ikki smenali ish tufayli bu raqam amalda ikki barobar oshgan. Yangi zavodlar to‘liq quvvatda ishlasa, yiliga 600 ming dona ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

2026-yil fevraldan boshlab Pekin III bosqich (Phase II Plus) majmuasi ham ishga tushadi. May oyida esa Uxan zavodi ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu zavod oktabrga borib oyiga 35 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi SU7 bilan bog‘liq avariya kompaniya aksiyalarini 8,7 foizga pasaytirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek