Xitoy AQShni bitkoinlarni o‘g‘irlashda aybladi

Xitoy kiberxavfsizlik agentligi AQSh hukumati taxminan 13 milliard dollarlik bitkoinlarni o‘g‘irlaganini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Gap 2020-yil dekabr oyida LuBian mayning-puldan o‘g‘irlangan 127,3 ming token haqida ketmoqda. Xitoyning Kompyuter viruslariga qarshi kurash milliy markazi buni «davlat darajasidagi xaker operatsiyasi» deb atadi.
«Bu “qora qorani yeydi» tamoyili bo‘yicha davlat darajasidagi xakerlar guruhi tomonidan tashkil etilgan klassik operatsiya”, — dedi Xitoy rasmiylari.

Shuningdek, Xitoy regulyatorlari o‘g‘irlangan bitkoinlarni Kambodjaning «Prince Group» rahbari Chen Chjidan AQSh tomonidan musodara qilingan tokenlar bilan bog‘lagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoin iyun oyidan beri ilk bor 100 ming dollardan pastga tushgani haqida xabar bergan edi.