Tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Tibbiy xizmatlar faqat oldindan to‘liq to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng ko‘rsatiladi
Tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi / Foto: serezniy / www.depositphotos.com

Hukumat qarori bilan «Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, agar fuqaro tibbiy muassasaga yo‘llanmasiz o‘z xohishiga ko‘ra murojaat qilsa, unga tibbiy yordam pullik asosda ko‘rsatiladi.

Davlat tomonidan kafolatlangan bepul xizmatlar toifasiga kirmaydigan barcha tibbiy xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va ular uchun to‘lov undiriladi. Shuningdek, mijozlar tibbiyot muassasasining ro‘yxatga olish bo‘limida qabul qilinadi va ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida pullik xizmat ko‘rsatiladi.

Tibbiy xizmatlar faqat oldindan to‘liq to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng ko‘rsatiladi. To‘lovni amalga oshirgan bemorlar mutaxassis shifokor qabuliga yoki zarur bo‘lsa, laborator va instrumental tekshiruvga yuboriladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tor soha mutaxassisi ko‘rigi, ambulator yoki statsionar davolanish tartibi belgilanadi.

Avvalroq 2026-yildan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy etilishi belgilangandi. Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek