O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarishning yangi tartib joriy etildi

Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Unga ko‘ra, rieltorlik tashkilotlari endilikda ko‘chmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini inobatga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.
Hujjatda ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari, mulkdor va boshqaruvchi o‘rtasidagi huquq hamda majburiyatlar, shartnoma tuzish talablari, boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha mezonlar belgilangan.
Yangi milliy standart jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkdan samarali foydalanish, foyda olish va mulk qiymatini oshirish imkonini beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda ekanligi haqida yozgandi.