Germaniya va AQSh kompaniyalari Suriyada energetikani tiklash uchun 7 milliard dollar ajratiladi

AQShning GE Vernova va Germaniyaning Siemens Energy kompaniyalari Suriya energetika tarmog‘ini tiklashga qaratilgan $7 milliardlik loyiha doirasida gaz turbinalari yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Loyiha Suriya hukumatining energetika quvvatlarini tiklash strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Muzokaralar hali dastlabki bosqichda. May oyida Suriya Qatarning Power International Holding kompaniyasi bilan umumiy quvvati 4000 megavatt bo‘lgan to‘rtta gaz turbinali elektr stansiya va 1000 megavattlik quyosh elektr stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

GE Vernova va Siemens Energy mazkur loyihaning turbinalar qismi bo‘yicha shartnomalar olish imkoniga ega. Kelgusida elektr tarmoqlari uchun infratuzilma yetkazib berish ham muhokama qilinmoqda. Kompaniya hozircha shartnoma tuzilmaganini, biroq texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
«Suriya hukumati bilan qisqa muddatli energiya ta’minotini yaxshilash yo‘llarini muhokama qildik», — dedi Siemens Energy vakili.
Mamlakatda yangi prezident Ahmad ash-Shar’a boshchiligida energetika sohasini qayta tiklash siyosati olib borilmoqda. G‘arb kompaniyalari, xususan, Baker Hughes va Hunt Energy ham Suriyaning urushdan keyingi tiklanish jarayonida ishtirok etishni rejalashtirgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Suriya AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilgani haqida xabar bergan edi.