Kinotavsiya: «Bitconned» filmi nima haqida

13-noyabr 2025 17:51 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Kinotavsiya: Bitconned nima haqda
Kinotavsiya: Bitconned nima haqda / Foto: Netflix

Bugun Kursiv Uzbekistan kriptovalyuta tarixidagi eng mashhur firibgarliklardan biri Centra Tech kompaniyasiga oid «Bitconned» filmini tavsiya qiladi.

2024-yilda Netflix tomonidan taqdim etilgan ushbu hujjatli film rejissyor Brayan Storkel tomonidan suratga olingan. Film Centra Tech kompaniyasi atrofida kechgan voqealarni yoritadi. Kompaniyaning asoschilari Rey Trapani va Soxrab Sharma o‘zlarini «blokcheyn inqilobi» yaratmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlar sifatida tanitgan, ammo aslida ular yuz millionlab dollar sarmoyani firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Film voqealari Rey Trapanining o‘z so‘zlari orqali hikoya qilinadi. U o‘zini «tizimdan ustun» deb hisoblagan, lekin oxir-oqibat o‘zi qurboniga aylangan kimsaning murakkab psixologiyasini ochib beradi. Trapani intervyularda jinoyatini oqlashga uringani, lekin shu bilan birga firibgarlik jarayonining ichki mexanizmlarini ochib bergani filmni yanada real va keskin qiladi.

Filmda Centra Tech loyihasi qanday qilib mashhur shaxslarning reklamalari orqali ishonch qozonganini, ammo bu reklamalarning soxta asosga tayanib, oddiy investorlarni chuv tushirganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, film kripto sohasidagi bo‘shliqlar, oson boyish istagi va axloqiy chegaralarning buzilishi haqida chuqur tahlil beradi.

Film, xususan, kriptoinvestorlar va raqamli moliya olamiga kirishni istagan tomoshabinlar uchun ogohlantiruvchi dars bo‘lib xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hech kimga ishonma: kripto qiroli ovi» filmi haqida ma’lumot bergandi

Shuningdek