Samsung Galaxy Tab A11+ planshetining xususiyatlari va narxlari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Narxi $320 dan $445 gacha
Samsung Galaxy Tab A11+ planshetining xususiyatlari va narxlari e’lon qilindi / Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy Tab A11+ planshetini rasmiy ravishda sotuvga chiqardi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Ushbu model avval yil boshida taqdim etilgan Galaxy Tab A11 planshetining takomillashgan versiyasi hisoblanadi. Qurilma 11 dyuymli WUXGA (1920×1200) ekran va 90 Gts yangilanish chastotasiga ega. Aparat platformasi MediaTek Dimensity 7300 tizim chipi, dasturiy ta’minoti esa Android 16 operatsion tizimi va One UI 8 interfeysidan iborat. Qurilma yetti yil davomida tizimli yangilanishlarni oladi.

Foto: Samsung

Galaxy Tab A11+ plansheti 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Qurilmada to‘rtta Dolby Atmos dinamik, 3,5 mm eshitish vositasi uchi mavjud. Akkumulyator sig‘imi 7040 mA·soat bo‘lib, 25 Vt quvvat bilan tez zaryadlash imkoniyatini ta’minlaydi. Aloqa imkoniyatlari sifatida Wi-Fi 5, Bluetooth 5.3 va GPS mavjud; 5G modem esa ixtiyoriy.

Qurilmaning narxlari quyidagicha belgilangan: 128 GB Wi-Fi — $320, 256 GB Wi-Fi — $380, 128 GB 5G — $380 va 256 GB 5G — $445.

Shuningdek