Dekabrdan boshlab Toshkentdan Qozonga haftada bir marta poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
eʼlon qilindi
Poyezdlar bir vaqtning o‘zida 342 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin

Joriy yilning 14-dekabridan boshlab «Toshkent – Qozon – Toshkent» yo‘nalishidagi poyezdlar haftada bir marta harakat qiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.
- 315-sonli poyezd 21-dekabr yakshanba kuni soat 23:55 da Toshkent Markaziy vokzalidan jo‘nab ketadi va chorshanba kuni Qozon vokzaliga 13:47 da yetib boradi.
- 316-sonli poyezd esa 25-dekabr payshanba kuni soat 10:33 da Qozon vokzalidan jo‘natiladi va yakshanba kuni soat 04:32 da Toshkentga kirib keladi.
Poyezd yettita vagondan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 342 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Avvalroq Olmaota – Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnashi haqida xabar berilgandi. Hozirda qatnovlar haftaning kuniga qarab kunora – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba yoki seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.